22.04.2019 1471

Bugun O'zbekistonda jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yana bir katta hamkorlikka start berildi!


      O’zJOKU Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy Xalq universiteti (Renmin university) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. 1937 yil tashkil topgan Renmin university qoshida bugunga kelib, 23 ta institut faoliyat olib boradi, talabalari soni esa 20 mindan ziyodni tashkil etadi.


      Ma'lumki, 2018 yilning noyabrь oyida O’zJOKU vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga uyushtirgan safari doirasida Xitoyning bir qancha universitetlariga tashrif buyurgan va hamkorlik qilish taklifini bildirgan edi. Yuqoridagi universitetlar qatorida Renmin university ham bo’lib, ushbu memorandum safarning O’zbekistondagi mantiqiy davomi sifatida imzolandi. Memorandum o’z ichiga professor-o’qituvchilar hamda talaba-magistrlar almashinuvi, ikki tomonlama diplom berish (Double degree) masalalarini qamrab olgan bo’lib, yangi o’quv yillaridan boshlab, universitet talaba va migistrlari Xitoy Xalq Universitetida to’liq va qisman qoplanuvchi grantlar asosida o’qiy boshlashlari ko’zda tutilgan.

Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

 

Bo'lishmoq: