10.11.2021 606

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi seminari

Bugun O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ishtirok etib, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi: OAV rolini kuchaytirishning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza qildi. O‘z ma’ruzasida professor Qudratxo‘ja jurnalistikaning og‘riqli masalalari yuzasidan muhim fikrlar bildirib, ularning bir nechtasiga yechim sifatida takliflarini ham keltirib o‘tdi.

Quyidagi havola orqali professor Sherzodxon Qudratxo‘janing ma’ruzasini video tarzida ko‘rishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: