O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja shu kunlarda “O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 30 yilligi” hamda “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, “Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil” esdalik ko‘krak nishoni bilan O‘zJOKU “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirg‘izboyev ham taqdirlandilar.
Ustozlarimizni ushbu e’tiroflar bilan chin didan qutlagan holda, ularga sog‘lik omonlik va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida kuch-quvvat tilab qolamiz!