Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan tadbirdan so‘ng O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja va universitet talabalari birgalikda poytaxt ko‘chalari bo‘ylab sayr qildilar. Vaqt tushlikka yaqinlashgach, yo‘l bo‘yida joylashgan tamaddixonada rektor va talabalar birgalikda tushlik qilishdi.
Tushlik jarayonida jamoa Webster universiteti professori Jon Jinklerni uchratib qolib, ularni ham birgalikda tushlik qilishga taklif etishdi. Taomlanib bo‘lgach, professor Jinkler va O‘zJOKU talabalari o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘ldi. Suhbatda professor talabalarning AQSH, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi siyosati, rivojlanish tendensiyalari, dunyodagi siyosiy jarayonlar, mintaqalarning joylashuvi, ularning boy merosi, iqtisodi, hozirgi kundagi istiqbolli maqsadlari haqidagi savollariga javob berdi. Suhbat samimiy, baxs-munozalarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar ham bugungi kunning quyoshli havosidan ham professional insonlar suhbatidan bahra oldilar.